Rossiyaning “Adolatli Rossiya” (“Spravedlivaya Rossiya”) partiyasi etakchisi Sergey Mironov Qozog`iston, Qirg`iziston va O`zbekistonni Ukrainadagi urushda qatnashgan o`z fuqarolarini jinoiy javobgarlikka tortishni nazarda tutuvchi qonunchiligi sabab tanqid qildi. “Yuksalish” umummilliy harakati raisi, munosabat bildirdi.
Gap shundaki, Sergey Mironov Twitter'dagi sahifasida quyidagicha post qoldirgan:
“O`tgan yilning sentyabr oyida uch davlat – O`zbekiston, Qirg`iziston va Qozog`iston agar ularning fuqarolari Rossiya tomonida “maxsus harbiy operasiya”da qatnashsa, ularni jinoiy javobgarlikka tortishga qaror qildi. Shu erda savol tug`iladi: biz bir tashkilotning a`zolarimiz va agar EOIIga kiruvchi davlat fuqarosi ushbu hamjamiyatning bir qismi bo`lgan boshqa davlatga yordam berishni istasa, nima uchun u o`z mamlakatida jinoiy javobgarlikka tortiladi? Menimcha, bu borada davlatlararo qaror qabul qilish kerak. Agar gap ishtirokchi davlat manfaatlarini himoya qilish haqida ketayotgan bo`lsa, unda jinoiy ta`qib bo`lishi mumkin emas" deb yozadi Rossiya deputati.
“Yuksalish” umummilliy harakati raisi, Oliy Majlis deputati Bobur Bekmurodov post qoldirib, unga bu masalaga salbiy munosabat bildirgandan ko`ra, o`z qonunchiligi bilan ishlashni maslahat berdi.
"Rossiya Federasiyasining o`zida yollanganlik uchun jinoiy javobgarlik bor. RF Jinoyat Kodeksining 359-moddasida yollanish uchun jinoiy javobgarlik ko`zda tutilgan. Va unda harbiy nizoda ishtirok etayotgan davlatning fuqarosi bo`lmagan va bu davlat hududida doimiy yashamaydigan shaxsning moddiy manffatdorlik yo`lida harakat qilishi yollanish deb topilishi belgilangan.O`zbekiston suveren mamlakat va biz geosiyosiy va ayniqsa, boshqa davlatlardagi harbiy vaziyatga qarab qonunchiligimizni moslashtiradigan, boshqalar uchun qulay qonunlar qabul qiladigan davlat emasmiz. O`zbekiston Respublikasi davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan tinchliksevar tashqi siyosatni amalga oshiradi. Mironovning EOIIga a`zo emasligimizni bilmasligi haqida gapirmadik”, deb yozgan Bobur Bekmurodov.
Oliy Majlis deputati O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 154-moddasida o`zga davlat hududida yoki uning tarafini olib qurolli to`qnashuvda yoxud harbiy harakatlarda qatnashish maqsadida yollanganlik uchun jinoiy javobgarlikka tegishli norma 1994 yilda qabul qilingani, O`zbekiston fuqarosining chet davlatlarning harbiy xizmatiga, xavfsizlik, polisiya, harbiy adliya organlari yoki shunga o`xshash boshqa organlariga xizmatga kirganlik uchun jinoiy javobgarlikni nazarda tutuvchi 154-1-modda esa 2003 yilda kiritilganini eslatgan.