1

"Kaxovka GES butunlay vayron bo`ldi, uni qayta tiklab bo`lmaydi" - "Ukrgidroenergo"

Dunyo 06.06.2023, 14:30
"Kaxovka GES butunlay vayron bo`ldi, uni qayta tiklab bo`lmaydi" - "Ukrgidroenergo"

Rossiya bosqinchilarining 6 iyun, seshanbaga o`tar kechasi portlashi natijasida Kaxovka GESi butunlay vayron bo`ldi. Uni qayta tiklab bo`lmaydi, deya xabar berdi “Ukrgidroenergo” kompaniyasi.

Janubiy mudofaa kuchlari spikeri Natalya Gumenyukning aytishicha, katta zarar bo`lgan, ammo to`g`on butun vayron bo`lmagan – portlash ichkaridan sodir bo`lgan.

Dastlabki prognozga ko`ra, yaqin to`rt kun ichida suv omboridan suv oqib chiqishi kutilmoqda.

Soat 09:00 holatiga ko`ra, omborda suv sathi tez pasayib bormoqda. "Energoatom"ning ta`kidlashicha, hozirda bosib olingan Zaporoje AESdagi vaziyat nazorat ostida, garchi portlash buning uchun salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Eslatib o`tamiz, 6 iyun, seshanbaga o`tar kechasi Rossiya qo`shinlari Kaxovska GESini portlatib yubordi. Dnepr bo`yidagi shaharlar va qishloqlar suv toshqini xavfi ostida qolgan. Xerson viloyati davlat ma`muriyati aholini xavfli hududlardan - o`ng qirg`oqdagi 16 ming kishilik hududdan zudlik bilan evakuasiya qilishni e`lon qildi.

 Bosh vazir Denis Shmigalning so`zlariga ko`ra, 80 tagacha aholi punktlarini suv bosishi xavfi mavjud. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashining favqulodda yig`ilishini chaqirgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1