1

Klintonning qoshiga qo`ngan pashshani josuslikda ayblashdi

Dunyo 11.10.2016, 16:27
Klintonning qoshiga qo`ngan pashshani josuslikda ayblashdi

Ijtimoiy tarmoqlarda AQSh prezidentligiga nomzodlar Donald Tramp hamda Xillari Klinton o`rtasidagi debat g`olibi shubhasiz pashsha bo`ldi.

Avvaliga u studiya bo`ylab aylanib, Trampni nishonga olayotgandi, biroq keyin barbir qo`nish uchun Klintonni tanladi.

Ushbu video epizodi bir onda internetda xitga aylandi, uni faol tarzda turli mamlakatlarning foydalanuvchilari sharhlashmoqda.

Bundan tashqari: pashshaning “Tvitter”da o`z akkaunti paydo bo`ldi. O`zining ilk xabarida Xillari Klintonni qo`llab-quvvatlashini va uni televidenieda ko`rsatishganligiga ishonmaganligini yozib qoldirgan.

Bundan tashqari sharhlarda “Bu pashsha – Kremlning josus agenti” degan hazilomuz tahmin ham qoldirilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1