O`zbekiston Afg`oniston bilan savdo-sotiqni kengaytiradi

Jamiyat 12.10.2016, 12:06
Teglar: O`zbekiston
O`zbekiston Afg`oniston bilan savdo-sotiqni kengaytiradi

O`zbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoev 11 oktyabr kuni Surxondaryoga tashrifi chog`ida Afg`oniston bilan har tomonlama hamkorlikni mustahkamlash zarurligi to`g`risida ma`lum qildi. Bosh vazir chiqishi «O`zbekiston» telekanalining «Axborot» dasturida namoyish etildi, deb yozadi “Gazeta.uz”.

«Qo`shni Afg`oniston prezidenti [Ashraf G`ani]ning eng og`ir kunlarimizda kelib-ketgani bizga, elimizga, prezidentimizga bo`lgan hurmat belgisidir. Yaqinda tashqi ishlar vaziri [Abdulaziz Kamilov] Bryusselda u bilan ko`rishib, hamkorlik masalasini muhokama qildi. O`ylaymizki, yaqinda TIV vakillari Afg`onistonga borib, hamkorligimizni rivojlantirish bo`yicha katta bitimlani imzolaydi. Bundan keyin ham mehnatkash afg`on xalqi bilan hamkorlikni har tomonlama mustahkamlash, tinchlik va osoyishtalikni saqlash uchun qo`limizdan kelguncha harakat qilishimiz kerak», — ta`kidladi Shavkat Mirziyoev.

Shavkat Mirziyoev Termez Cargo Sentre yirik bojxona terminalini borib ko`rdi. Afg`oniston bilan ham hamkorlikni rivojlantirish uchun barpo etilgan xalqaro logistika markazi 300 yirik yuk mashinalariga mo`ljallangan avtoturargoh, AYoQS, konteyner va boshqa yuklarni saqlash uchun omborxonalarni o`z ichiga oladi. Markazga temir yo`l o`tkazilgan bo`lib, shinam mehmonxona ham faoliyat yuritmoqda.

Bosh vazir logistika markazi Afg`oniston bilan savdo aloqalarini kengaytirish hamda nafaqat Surxondaryo, balki butun O`zbekistonning eksport salohiyatini rivojlantirishiga umid bildirdi.

«Hozir dunyoning eng katta muammosi, bu — bozor topish. Har bir davlat o`z mahsulotini sotish bo`yicha katta harakat qiladi», — ta`kidladi Shavkat Mirziyoev.

Uning qo`shimcha qilishicha, zamonaviy sharoitlarga ega shu kabi markazlar barcha viloyatlarda tashkil etiladi.

Shavkat Mirziyoev hududga tashrifi chog`ida O`zbekistonning janubiy sarhadlaridagi chegara postlaridan birini ko`zdan kechirdi va davlat chegaralarini mustahkamlash chora-tadbirlarini muhokama qildi.

Sharhlar

O`zbekiston Eronni mag`lub etib, Osiyo kubogiga yo`llanmani qo`lga kiritdi (video)

13.09.2023, 11:02

Osiyo kubogi uchun saralash o`yinlari yakunlandi, deya xabar bermoqda "darakchi.uz" muxbiri. Ma`lum bo`lishicha, so`nggi 6 o`yinda raqiblari darvozasiga 25 ta gol kiritib, 3 ta gol  o`tkazib...
⚡️Qirg`iziston va O`zbekiston hamkorlikda ishlab chiqaradigan avtomobillarning narxlari e`lon qilindi

24.01.2023, 10:47

Avval xabar qilganimizdek, O`zbekiston va Qirg`iziston hamkorlikda 19 turdagi engil avtomobillar, jumladan mikroavtobus, pikap, sedan va boshqalarni ishlab chiqarishni rejalashtirgan. Qirg`izistonda ishlab chiqarilgan avtomobillar narxi 13...
Putin O`zbekistondagi g`ayritabiiy sovuqlar haqida fikr bildirdi (video)

18.01.2023, 11:45

Rossiya prezidenti Vladimir Putin iqtisodiy masalalar bo`yicha yig`ilish o`tkazdi va unda Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi sovuqlar haqida fikr bildirdi. Rossiya rahbari bosh vazir Mixail Mishustindan agrosanoat majmuasida...
Ozarbayjon va O`zbekiston Prezidentlari Ichan qal`ani aylanishdi (foto)

22.06.2022, 15:14

O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev va Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliev Xiva shahriga tashrif buyurdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qilmoqda. Kecha bo`lib o`tgan muzokaralar yakunida davlatimiz...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1