AsosiyJinoyat

Buxorolik 33 yoshli erkak Surxondaryodagi qo`ybozordan soxta dollarlarga 22 bosh qo`y sotib oldi

'Buxorolik 33 yoshli erkak Surxondaryodagi qo`ybozordan soxta dollarlarga 22 bosh qo`y sotib oldi'ning rasmi

Buxorolik 33 yoshli fuqaro Surxondaryodagi qo`ybozordan soxta dollarlarga 22 bosh qo`y sotib olgani ma`lum bo`ldi. Bu haqda viloyat IIB Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Buxoro shahar IIO FMB tomonidan berilgan ma`lumotga ko`ra, Jondor tumani “Mirzayon” mahallasida yashovchi 1985 yilda tug`ilgan Q.M. 11-iyun kuni Surxondaryo viloyati Qiziriq tumanida joylashgan “Istara” dehqon bozori tarkibidagi “Qo`y” bozoriga borgan.

U soat 06:00 larda Bandixon tumani “Paxtakor” mahallasida yashovchi B.I.ning bozorga sotish uchun olib kelgan qo`ylaridan 8 boshini 1 600 AQSh dollariga savdolashib, 16 dona soxta 100 dollarlik pul kupyuralar evaziga 8 bosh qo`ylarini olib ketgan.

Shuningdek, ushbu shaxs aynan shu kuni soat 07:00 larda ushbu bozorda Bandixon tumani “Zevar” mahallasida yashovchi N.H.ning bozorga sotish uchun olib kelgan qo`ylaridan 14 boshini 2 600 AQSh dollariga savdolashib, to`lov evaziga unga ham soxta dollar pullarni bergan.

Mazkur holat yuzasidan K.M.ga nisbatan JKning 176-moddasi 2-qismi bilan qo`zg`atilib, boshqa xuddi shu turdagi fosh etilmasdan qolayotgan jinoyatlarga aloqadorligini aniqlash yuzasidan tezkor surishtiruv hamda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

    Boshqa yangiliklar