AsosiyDunyo

Sevgilisi tashlab ketgan qiz o`z-o`ziga turmushga chiqdi

2015 yilda baxtsiz sevgini boshdan o`tkazgan kanadalik Keyt Simpson o`ziga turmushga chiqishga qaror qildi, deb yozadi “Gazeta.ru”.

Keyt ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlarining unashtirilgani haqidagi xabarlar va fotosuratlardan charchadi va to`y qildi. U har safar unashtiruv haqidagi xabarlarni o`qiganida tushkunlikka tushib qolardi. Yangi yil kuni Simpson o`zining qo`lini so`radi, 2016-yilning aprelida esa u o`ziga turmushga chiqdi.

To`y Keytning tug`ilgan kuni ya`ni 28 yoshga to`lganida o`tkazildi. To`yda qizning 100 dan ortiq do`stlari va qarindoshlari ishtirok etdi. Kelinni mehrob oldiga otasi olib bordi. 

“Onam yoshligida shunday qilish mumkinligini bilganida otamga emas, o`ziga turmushga chiqqan bo`lishini aytdi”,—deb xazillashdi Simpson. 

Simpson hech qachon an`anaviy tarzda nikohdan o`tmaslikka qasam ichdi.

Boshqa yangiliklar