AsosiyJinoyat

Toshkentda AQShga ishga yuborishni va`da qilgan firibgar va poraxo`rlar qo`lga olindi

'Toshkentda AQShga ishga yuborishni va`da qilgan firibgar va poraxo`rlar qo`lga olindi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda  tezkor tadbir o`tkazildi. Bu haqda Departament Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Unda fuqarolar O.I. va X.N. o`zaro til biriktirib, fuqaro A.S.ning ishonchiga kirib, uni tanishlari yordamida Amerika Qo`shma Shtatlariga ishga yuborish evaziga 17 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar