1

Saraton yuzaga kelishining yangi sababi aniqlandi

Salomatlik 26.06.2023, 18:38
Saraton yuzaga kelishining yangi sababi aniqlandi

Mutaxassislar saraton har doim ham irsiy moyillik tufayli yuzaga kelmasligini aniqlashdi. Ma`lum bo`lishicha, yaqinda kashf etilgan DNKga aylana shakldagi RNK qo`shilishi tufayli sog`lom hujayralardagi mutasiyalar yuzaga kelishi mumkin.

DNK organizmning ishlashi va rivojlanishi uchun xizmat qiladigan genetik ma`lumotni o`z ichiga oladi.

Genlar hujayralarning o`sishini, bo`linish tezligini va umrini tartibga soluvchi signallarni yuboradi. Saraton – bu ma`lum o`zgartirilgan genlar tomonidan ishlab chiqarilgan oqsillar tufayli hujayralarning g`ayritabiiy, nazoratsiz o`sishi tufayli yuzaga keladigan kasallik.

Saraton kasalligining eng keng tarqalgan sababi avloddan-avlodga o`tib kelmaydigan, ammo hayot davomida yuzaga keladigan orttirilgan mutasiyalardir. Gen o`zgarishlari ma`lum bir organning bir hujayrasida paydo bo`la boshlaydi va zararli o`sma paydo bo`lishiga olib kelishi mumkin.

Biologlarning fikriga ko`ra, DNK hujayralari har kuni bo`linadi va bu jarayon davomida oksidlanish tufayli zararlanish mumkin. Biroq barcha o`zgarishlar ham ahamiyatli emas va ularning aksariyati salomatlikka hech qanday ta`sir ko`rsatmaydi.

Odam qarigani sari bu o`zgarishlar uning tanasiga salbiy ta`sir ko`rsata boshlaydi, shuning uchun keksa odamlar yoshlarga qaraganda tez-tez saraton kasalligiga chalinadi.

Nafaqat qarish, balki boshqa omillar ham, misol uchun, viruslar, toksinlar, gormonlar, tamaki chekish ham genetik nosozliklarni keltirib chiqarishi mumkin, deb xabar beradi mir24.tv.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1