1

AQShda sharpa-kemaning video tasviri paydo bo`ldi (Video)

Dunyo 13.10.2016, 16:08
AQShda sharpa-kemaning video tasviri paydo bo`ldi (Video)

AQShning ko`llaridan birida noma`lum ob`ekt videoga olindi. 10 oktyabr kuni YouTube tarmog`ida paydo bo`lgan video 500 ming marta ko`rildi.

Michigan shtatidan bo`lgan Jeyms Asselin tomonidan joylangan ushbu videoda ikkita katta binoni eslatuvchi vertikal inshootni ko`rish mumkin. Ularga to`lqinlar urib turganligi yaqqol aks etgan.

Video bir daqiqa davom etadi, shu bilan birga uning muallifi sirli ob`ekt uning ko`z o`ngida yo`qolib qolganini ta`kidlagan.

Ba`zi foydalanuvchilar rolik muallifi sarobni ko`rganligi nazariyasini ilgari surishdi. Shu bilan birga ayrim izoh qoldirganlar bu sharpa-kemaligini ta`kidlashgan.

Ma`lumotlarga ko`ra, ushbu ko`lda 550 yaqin kemalarning qoldiqlari bor. Velikiy ozyora ko`lida 6 ming kema cho`kkan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1