Qandli diabetdan saqlanishning 8 usuli

Salomatlik 14.10.2016, 09:56
Teglar: Salomatlik
Qandli diabetdan saqlanishning 8 usuli

Bu kasallikka chalinganlar haqida eshitsak, darhol sog`ligimiz haqida o`ylab qolamiz. Zero, qandli diabetning o`zidan ham asorati xavfliroq sanaladi. Ma`lumki, har qanday xastalikni davolashdan ko`ra, oldini olish oson. Diabetning ham oldini olsa bo`ladi! Faqat buning uchun sakkiz omilga rioya qilsangiz bas. Bu haqda shifokor-endokrinolog – Shahnoza MUSAEVA ma`lumot beradi.

 

1. BOLANI KAMIDA 1,5-2 YoShGAChA KO`KRAK SUTI BILAN EMIZISh 

Ma`lum bo`lishicha, erta kunda boshlangan qo`shimcha ovqatlar bolani semirtirib, diabetga moyilligini oshiradi.

 

2. YuQUMLI KASALLIKLARDAN SAQLANAMIZ

Gripp, tepki, qizamiq, sariq kasalligi bilan og`rish organizmni holsizlantiradi, natijada odam qandli diabetga bir qadam yaqinlashadi. Bunday bo`lmasligi uchun bolani kichikligidan kasalliklarga qarshi emlatish, shaxsiy gigienaga rioya qilish va albatta, shamollashni vaqtida davolash zarur.  

 

3. TAOMNOMADA TABIIYLIK BO`LSIN

Yoshlikdan ovqatlanishda tabiiy mahsulotlar – meva-sabzavotlar, dukkaklilar, sut-qatiq, yong`oq, ko`katlarni pishiriq, kremli, yog`li, qovurma taomlardan ustun qo`yishga o`rganish kerak. Ya`ni, taomnomada tabiiy mahsulotlar qancha ko`p bo`lsa, kasallikning sizga yaqinlashishi shuncha qiyin bo`ladi. Chunki ular tarkibida kletchatka ko`p bo`lib, u organizmni zararli xiltlardan tozalaydi va qonda qand miqdorini bir maromda ushlab turadi.

Bilasizmi:

Qandli diabetga chalinmaslik uchun bir kunda 4 dona meva va 3 dona xom sabzavot yoki ko`kat eyish kerak. Ayniqsa, salat bargi, ismaloq, gulkaram, qizil qorag`at, olcha, olma (albatta po`sti bilan), rediska, ko`kpiyoz, ernoki (topinambur), baqlajon foydali.

4. FAOL VA QUVNOQ BO`LING.

Jismoniy harakat – u xoh piyoda yurish, xoh uy yumushlari bilan shug`ullanish bo`lsin, qand darajasini tushiradi. Muammolarga engilmaslik va doimo ko`tarinki kayfiyatda bo`lish esa immun tizimni kuchaytiradi. Natijada, qandli diabet oldida kuchli qalqoningiz bo`ladi.

5. ME`YoRGA E`TIBOR BERING.

4 kgdan yuqori tug`ilgan chaqaloqlar va shunday pahlavonlarni dunyoga keltirgan ayollarda turli omillar sabab kelajakda qandli diabetga moyillik paydo bo`lishi mumkin.

 

6. VAZNNI NAZORAT QILING.  

Ortiqcha vazn tanamizga ortiqcha yuk ekanligi bilan bir qatorda qandli diabetni etaklab keluvchi sabablardan biri hamdir. Shunday ekan, me`yordagi vazningiz 3-5 kg.ga ko`paysa, darrov vaziyatni qo`lga olib, parhez va harakatlar yordamida avvalgi holatga keltiring.

 

7. TIBBIY KO`RIKDAN O`TIShNI UNUTMANG!

40 yoshdan keyin har olti oyda shifokor-endokrinolog ko`rigidan o`tib turing. Bu yoshda har oy qondagi qand miqdorini tekshirtirib turish foydadan holi emas. Ayniqsa, yaqinlaringiz orasida qandli diabet bilan og`riganlar bo`lsa, qon tahlilini vaqtida topshirish shart. 

Eslatma:

Ko`pchilik qandli diabetning belgilari sifatida charchash va ko`p hojatga qatnashni bilishadi. Aslida qonda qand miqdorining asta-sekin oshishi haqida sizning beholligingiz, qo`l-oyoqning uvishishi, terining o`z-o`zidan qichishi, asabiylik ham darak berishi mumkin.

 

8. ZARARLI ODATLARNI TAShLAYMIZ.

Bir kunda bir marta chekilgan tamaki, «oyda bir» ichiladigan 50 gramm spirtli ichimlik qandli diabetga  yaqinlashtiradi. Bu zararli odatlar natijasida tanadagi qon aylanishi buziladi. Oshqozon osti bezi va jigar ishdan chiqadi, bunga javoban qondagi qand miqdori sezilarli darajada ko`tariladi. Noxush odatlardan qancha tez qutulsangiz, diabetning xavfli asorati – qorason va ko`rishning yo`qolishidan shuncha himoyalangan bo`lasiz. Yorug` dunyoni ko`ra olish va oyoqlaringiz bilan mustaqil yurish ichish va chekishdan muhimroq.

Barno HOJIMIRZAEVA tayyorladi.

Sharhlar

Buyrak xastaliklari kimlarda ko`proq uchraydi? Shifokor javob berdi

06.08.2021, 17:47

CCV Matbuot xizmati buyrak etishmovchiligi qanday xastalik ekani va uni bartaraf etishda mamlakatimiz tibbiyoti nimalarga qodirligi haqida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bo`lim rahbari,...
YuTINGANDA QULOQ OG`RIG`I?!

26.12.2017, 13:12

— Uch yashar o`g`lim ovqat chaynab yutayotganida qulog`ini ushlab, og`riyotganini aytdi. Shifokorga ko`rsatsam, otit deb tashxis qo`ydi. Bu qanday kasallik? Uni uyda davolasa bo`ladimi? Nazira...
DIATEZ QAYTALAMASIN DESANGIZ…

26.12.2017, 13:08

— Emizikli chaqalog`im ekssudativ diatez kasalligi bilan og`rigandi. Hozir sog`aygan bo`lsa-da, ayrim taomlarni iste`mol qilganimda uning badanida qizg`ish dog`lar paydo bo`ladi. Go`dakda diatez qaytalamasligi uchun...
FARZANDINGIZNI MAKTAB KASALLIKLARIDA ASRANG!

26.12.2017, 11:36

Uzoqni ko`ra olmaslik;skolioz (umurtqa pog`onasining qiyshayishi);gastrit;ruhiy-asab tizimi buzilishlari kabilarni maktab kasalliklari sirasiga kiritish mumkin. Statistikaga ko`ra, har besh bolaning biri umurtqa pog`onasi muammolaridan qiynalsa, har...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1