Qozog`istonning sobiq prezidenti Nursulton Nazarboev Nazarboev universiteti, Nazarboev intellektual maktablari va Nazarboev jamg`armasi oliy vasiylik kengashi rahbari maqomini yo`qotdi.
Tegishli qoidalar mamlakat parlamenti tomonidan qabul qilingan “Qozog`iston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga kasbiy malaka, davlat mukofotlari, ijtimoiy ta`minot va ta`lim masalalari bo`yicha o`zgartish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida”gi qonunda keltirilgan.
Qonunga ko`ra, oliy vasiylik kengashining raisi Qozog`iston prezidenti yoki prezident tomonidan tayinlangan shaxs hisoblanadi. Oliy vasiylik kengashi to`g`risidagi nizom Oliy vasiylik kengashi raisi tomonidan tasdiqlanadi. Hozirgi tahrirda oliy vasiylik kengashining birinchi raisi birinchi prezident Nursulton Nazarboev hisoblanadi.
Shuningdek, kiritilgan o`zgartirishlarga ko`ra, iqtidorli bolalarning o`qishi uchun to`lovlarni amalga oshirishga mo`ljallangan "O`rken" ta`lim granti endilikda birinchi prezident tomonidan emas, balki davlat rahbari tomonidan ta`sis etiladi.
Eslatib o`tamiz, avvalroq Nazarboev Elbasi (millat etakchisi) maqomidan mahrum qilingan edi.






