AsosiyJamiyat

Buxoroda 19 yoshli yigit va qiz “Poyi Kalon” majmuasi oldida uyatsiz harakatlar qilib raqsga tushdi (video)

'Buxoroda 19 yoshli yigit va qiz “Poyi Kalon” majmuasi oldida uyatsiz harakatlar qilib raqsga tushdi (video)'ning rasmi

Kuni-kecha ijtimoiy tarmoqlarda 1 qiz va 1 bola Buxoro shahrining tarixiy qismida joylashgan “Poyi Kalon” majmuasi oldida madaniyatsiz hatti-harakatlar bilan raqsga tushgani aks etgan video tarqaldi.

Mazkur video Buxoro shahar IIO FMB da belgilangan tartibda qayd etilib, mas`ul xodimlar tomonidan kechiktirib bo`lmas tezkor surishtiruv harakatlari olib borildi. 

Aniqlanishicha, 2022 yilning iyul oyi o`rtalarida 2004 yilda G`ijduvon tumanida tug`ilgan ayol o`zining tanishi 2004 yilda Kogon tumanida tug`ilgan A.A. ismli yigit bilan Buxoro shahrining tarixiy qismidagi “Poyi Kalon” majmuasiga taxminan soat 05:00 larda kelib, turli beo`xshov qiliqlar qilib, boshqa bir “H.” ismli tanishining qo`l telefoniga videoga olinganligi hamda o`tgan yili ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib ketgan.

Mazkur holat yuzasidan tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilib, har ikkala fuqaroga nisbatan O`zbekiston Respublikasi MJtKning 183-moddasiga asosan ma`muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, javobgarlikka tortildi va “H.” ismli fuqaroning shaxsini aniqlash choralari ko`rilmoqda.

Holatni videoga olib ijtimoiy tarmoqqa chiqarib yuborgan H. ning shaxsiga aniqlik kiritilib, qonunchilikda nazarda tutilgan javobgarlikning muqarrarligi ta`minlanadi.

    Boshqa yangiliklar