Sirdaryolik saylovchilar bilan uchrashuvda prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoev yoshlarni talabalikka qabul qilish tizimini o`zgartirishga oid rejalar haqida to`xtalib o`tdi.
“Endi yoshlarimizning maktabda o`qigan baholarini ham inobatga olish amaliyotini yo`lga qo`yamiz.
Kelgusi yildan abiturientlar 3 ta asosiy va 2 ta qo`shimcha fanni tanlab, test sinovlaridan o`tadi va uning natijalariga qarab oliygoh, ta`lim yo`nalishi va ta`lim shaklini tanlash imkoniyatiga ega bo`ladi.
Xabaringiz bor, xorijiy tillardan xalqaro sertifikati bor abiturientlarga chet tili bo`yicha imtihon topshirmaslik imtiyozini bergan edik.
Endi, bu imtiyozni matematika, fizika, kimyo va biologiya fanlari bo`yicha xalqaro tan olingan sertifikati bor yoshlarga ham tatbiq etamiz”, – dedi nomzod.






