Diyorbakir va Mardin shaharlari o`rtasidagi trassaga joylangan mina portlashi oqibatida uch nafar harbiy halok bo`ldi. Bu haqda NTV telekanali harbiy manbalarga asoslangan holda xabar berdi.
Yana bir necha harbiy yaralandi. Portlashni tashkillashtirishda Turkiyada ta`qiqlangan Qurdiston ishchi partiyasi gumon qilinmoqda.
Shuningdek bugunning o`zida Kemer-Antaliya trassasida raketa otishmasi sodir bo`ldi. Ma`lumotlarga ko`ra, hodisa oqibatida hech kim zararlanmadi.
Voqea joyida maxsus guruh ish olib bormoqda. Trassa bo`ylab harakat to`xtatilgan.





