AsosiyJinoyat

Jizzaxda bank xodimi fuqaroning kredit pullarni o`zlashtirib yubordi

'Jizzaxda bank xodimi fuqaroning kredit pullarni o`zlashtirib yubordi'ning rasmi

Jizzax viloyati Yangiobod tumanida mijozlarning kredit qarzdorligi uchun to`langan pullarni o`zlashtirgan sobiq etakchi mutaxassis aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departamentning xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, ATB ”Qishloq qurilish bank“ Yangiobod filialining kreditlash bo`limi sobiq etakchi mutaxassisi N.Q. fuqaro M.B.ning nomiga 20 million so`m kredit olib o`zlashtirgani, shuningdek, bank mijozlari Sh.N. va M.O.dan kredit qarzdorligini so`ndirish uchun qabul qilgan jami 61,4 million so`m naqd pullarini bank kassasiga topshirmasdan talon-toroj qilgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (O`zlashtirish yoki rastrata yo`li bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar