Antaliya aeroporti 15 iyul kuni rekord darajadagi yo`lovchiga xizmat ko`rsatdi - 207 ming 84 kishi. Bu haqda Antaliya gubernatori Ersin Yazji ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida ma`lum qildi.
Unga ko`ra, kun davomida Antaliya havo bandargohi 207 ming 84 yo`lovchiga xizmat ko`rsatgan, shundan 97 ming 900 nafari xalqaro reyslardir.
“Bu kunlik yo`lovchilar soni bo`yicha tarixiy rekorddir. Mamlakatimizning turizm poytaxti Antaliyada o`z oldimizga qo`ygan maqsadlarga erishish va rekordlarni yangilashda davom etamiz”, — dedi u.
Antaliya aeroportida 15 iyul kuni parvozlar soni 1164 taga etdi.





