Jizzax viloyati, Zomin tumani "Duoba" QFYdagi "O`rikli" qishlog`i hududida yong`in sodir bo`ldi.
Yong`in viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan tezda o`chirildi. Hududdagi daraxt va butalarga talofat etmagan.
Ayni damda Jizzax viloyati Ekologiya boshqarmasi, Zomin tumani tabiatni muhofaza qilish prokuraturasi, viloyat IIB, viloyat FVB xodimlari tomonidan yong`in sabablari o`rganilmoqda. Hudud to`liq nazoratga olingan.
Surishtiruv ishlari yakunlangach, aybdorlarga nisbatan qonunchilikka asosan tegishli choralar ko`riladi.
Holat yuzasidan batafsil ma`lumot beriladi.






