AsosiyJamiyat

Hisob palatasi har chorakda o`z faoliyati to`g`risida jamoatchilikka hisobot berib boradi

'Hisob palatasi har chorakda o`z faoliyati to`g`risida jamoatchilikka hisobot berib boradi'ning rasmi

"O`zbekiston Respublikasi Hisob palatasining faoliyati yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O`zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida”gi qonun (O`RQ–856, 17.07.2023 y.) Prezident tomonidan imzolandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Jumladan, Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksga kiritilgan o`zgartirishga ko`ra:

Hisob palatasiga oz miqdorda talon-toroj qilinganligi va davlat xaridlari to`g`risidagi qonunchilik buzilganligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligining davlat moliyaviy nazorati organlariga esa oz miqdorda talon-toroj qilinganligi uchun ma`muriy huquqbuzarliklar to`g`risida bayonnoma tuzish vakolatlari berildi.

Shuningdek, “O`zbekiston Respublikasining Hisob palatasi to`g`risida”gi qonunga kiritilgan qo`shimchaga ko`ra, Hisob palatasi:

  • moliya yilining birinchi oyida moliya yili uchun ish rejalari to`g`risidagi ma`lumotlarni o`z rasmiy veb-saytiga joylashtiradi;

 

  • nazorat tadbirlari natijalari bo`yicha aniqlangan moliyaviy huquqbuzarliklar va ularning bartaraf etilishi to`g`risidagi ma`lumotlarni har chorak yakunlariga ko`ra, chorakdan keyingi oyning 25-sanasidan kechiktirmay o`z rasmiy veb-saytiga joylashtiradi, bundan davlat sirini yoki qonun bilan qo`riqlanadigan boshqa sirni o`z ichiga olgan ma`lumotlar mustasno;

 

  • har chorakda kamida bir marta o`z faoliyati to`g`risida jamoatchilik oldida OAV vakillari ishtirokida hisobot berib boradi.

 

 Qonun bilan Hisob palatasi qonunchilik tashabbusi huquqi sub`ektlariga qonunchilikni takomillashtirish bo`yicha takliflar kiritishga haqliligi belgilandi.

Qonun rasmiy e`lon qilingan kundan e`tiboran kuchga kiradi.

    Boshqa yangiliklar