Ikki muqaddas masjid xodimi – Saudiya Arabistoni Podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saudning taklifiga binoan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 18 iyul kuni amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatga jo`nab ketdi.
Tashrif dasturiga muvofiq, davlatimiz rahbari Jidda shahrida “Markaziy Osiyo – Ko`rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi” formatidagi birinchi sammitda ishtirok etadi va nutq so`zlaydi.
Tadbir doirasida qator ikki tomonlama uchrashuv va muzokaralar o`tkazilishi ham ko`zda tutilgan.






