AsosiyJamiyat

Kanizaning arzi etib bordi: xonandani haqorat qilgan yigit sud qilindi (video)

'Kanizaning arzi etib bordi: xonandani haqorat qilgan yigit sud qilindi (video)'ning rasmi

Avvalroq xonanda Kaniza videomurojaat bilan chiqib, uni ijtimoiy tarmoqda haqorat qilgan yigitga chora ko`rilmayotganini aytib, qonunlar ishlamasligi haqida arz bilan chiqqandi

Xonanda holat bo`yicha tegishli organ xodimlariga murojaat qilgan, biroq samarasi bo`lmagan. Uning qonunlar ishlamayotgani haqidagi arzidan so`ng, aybdor sud zaliga jalb qilindi. Sud haqida "Markaziy studiya" dasturida lavha berildi. 

Ma`lum bo`lishicha, 20 yoshli sudlanuvchi asli qashqadaryolik bo`lib, Toshkent Texnika universiteti talabasi. U bir necha oylardan beri "Instagram"da Kanizani turli, kurakda turmaydigan so`zlar bilan haqorat qilib kelgan. Sudda yigit qilgan ishiga pushaymon ekanini bildirdi. 

Sud sudlanuvchini Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 41-moddasi 1-qismi bilan aybli deb topdi. Unga bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravari (6 million 600 ming so`m) miqdorida jarima belgilandi. 

 

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar