AsosiyJamiyat

Toshkentdagi uchta ko`chaning bir qismi vaqtincha yopilmoqda

'Toshkentdagi uchta ko`chaning bir qismi vaqtincha yopilmoqda'ning rasmi

Nurliyo`l, Xonobod 1-tor va Qipchoq ko`chalarining bir qismi vaqtincha yopilmoqda. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi xabar berdi.

Bunga Toshkent metropolitenining er usti halqa liniyasida qurilish ishlari olib borilayotganligi sabab bo`lgan. 

Shu munosabat bilan 19 iyul kuni soat 15:00 dan 21 iyul 21:00 ga qadar Nurliyo`l ko`chasining THAY bilan kesishmasidan Xonobod 1-tor va Qipchoq ko`chalari bo`ylab Yangi Sergeli va Qipchoq ko`chalari kesishmasigacha bo`lgan oraliqdagi yo`l vaqtincha to`liq yopiladi.

Noqulayliklar uchun haydovchilardan uzr so`ralib, aylanma yo`llardan foydalanishlari tavsiya etilmoqda. 

    Boshqa yangiliklar