Energetika vazirligining ma`lum qilishicha, soat 12:40 da Shayxontohur tumanidagi “Ayni” podstansiyasida nosozlik yuzaga kelgan.
Buning natijasida Shayxontohur va Chilonzor tumanlaridagi 3600 dan ortiq iste`molchi elektr ta`minotidan uzilgan.
"Toshkent shahar suv ta`minoti" MChJ podstansiyadagi nosozlik tufayli ushbu hudud aholisini ichimlik suvida bosim pasayishi va uzilish holatlari yuzaga kelishi mumkinligidan ogohlantirdi.
Hozirgi vaqtda nosozlikni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.






