AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda elektromobillar ishlab chiqarish yo`lga qo`yilishi mumkin

'Qashqadaryoda elektromobillar  ishlab chiqarish yo`lga qo`yilishi mumkin'ning rasmi

Xitoyda bo`lib turgan Murodjon Azimov “JAC Motors” kompaniyasi faoliyati bilan tanishib, ushbu kompaniya ishlab chiqarayotgan an`anaviy yoki elektromobillarni Qarshi shahrida ham ishlab chiqarishni yo`lga qo`yish borasida muzokaralar olib bordi.

Ma`lum qilinishicha, hozirda viloyatda engil avtomobil ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish bo`yicha ishlar ketmoqda. Davlatz rahbari tomonidan ham  Qarshi shahrida ana`naviy yoki elektrda harakatlanadigan avtotransport vositalarini ishlab chiqarish topshirig`i berilgan.

Ma`lumot o`rnida: “JAC Motors” kompaniyasi Xitoy avto ishlab chiqaruvchilari orasida o`ziga xos nufuzga ega. Kompaniya avtomibillari jahonning 60 dan ortiq davlatlarida eksport qilinmoqda. 

 

    Boshqa yangiliklar