AsosiyJamiyat

Qashqadaryodagi bog`cha bolalari qatiqdan zaharlandimi?

'Qashqadaryodagi bog`cha bolalari qatiqdan zaharlandimi?'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyatidagi bog`cha tarbiyalanuvchilarning qatiqdan zaharlangani to`g`risidagi xabarlar tarqaldi. 

Holat yuzasidan viloyat Sog`liqni saqlash boshqarmasi munosabat bildirdi.

Keltirilishicha, Shahrisabz tumani “Shamaton” mahallasi hududidagi bog`chada tarbiyalanuvchilarning qatiqdan zaharlangani asossiz.

“Shu munosabat bilan oxirgi kunlarda Shahrisabz tumani va Shahrisabz shahri hududidagi tibbiyot muassasalarida bolalarning ovqatdan zaharlanishi bo`yicha bironta murojaat qayd etilmagan”, deyiladi xabarda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar