Ijtimoiy tarmoqlarda bog`cha tarbiyachisi bolalarni urayotganligi aks etgan videolavha tarqaldi.
Holat yuzasidan Toshkent viloyati IIBB matbuot xizmati ma`lumot taqdim etdi.
Aniqlanishicha, 18 iyul kuni Yangiyo`l tumani "Ibrat" MFYda joylashgan "Ominaxon" nomli nodavlat oilaviy MTTda tarbiyachi bo`lib ishlovchi, 2002 yilda tug`ilgan H.A. (ayol) shu bog`chadagi ikki nafar — 5-6 yoshli o`g`il bolalar o`zaro talashib, mashg`ulotga xalal bergani uchun ularni urushib, uy oyoq kiyimi bilan urgan.
Jarayon voqeaga guvoh bo`lgan shaxs tomonidan tasvirga olinib, ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan.
Holat yuzasidan IIB tomonidan tarbiyachi va boshqa mas`ullar bilan profilaktik suhbat o`tazilib, bolalarni sud tibbiy ekspertizasidan o`tkazish uchun yo`llanma berilgan.
Ekspertiza xulosasi va o`tkazilayotgangan tergovga qadar tekshiruv natijasi bo`yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta`minlanadi.
O`rganish davomida tarbiyachi tegishli tartibda ishdan bo`shatilib, tadbirkor ogohlantirilgan.






