AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda ham elektromobil ishlab chiqarilishi mumkin

'Qashqadaryoda ham elektromobil ishlab chiqarilishi mumkin'ning rasmi

Qashqadaryoda an`anaviy yoki elektromobillar ishlab chiqarish yo`lga qo`yilishi mumkin. Bu haqda viloyat hokimi Murotjon Azimov Xitoyning "JAC Mators" kompaniyasi bilan muzokaralar davomida ma`lum qildi.

Aytilishicha, Xitoyda bo`lib turgan Qashqadaryo viloyati hokimi Murotjon Azimov boshchiligidagi delegasiya "Jac Mators" kompaniyasi faoliyati bilan tanishib, ushbu kompaniya ishlab chiqarayotgan an`anaviy yoki elektromobillarni Qarshi shahrida ham ishlab chiqarishni yo`lga qo`yish borasida muzokaralar olib bordi.

Viloyat hokimligi xabariga ko`ra, hozirda viloyatda engil avtomobil ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish bo`yicha ishlar ketmoqda. Davlat rahbari tomonidan viloyat hokimligi uchun Qarshi shahrida ana`naviy yoki elektrda harakatlanadigan avtotransport vositalarini ishlab chiqarish topshirig`i berilgan.

Ma`lum qilinishicha, Qashqadaryoda energiya tejovchi, boshqarishga qulay va aqlli mashinalarni ishlab chiqarishni joriy etish bo`yicha muzokaralar davom ettirilib, Xitoyga tashrif davomida yana 2 ta yirik avto ishlab chiqaruvchilar bilan muzokaralar o`tkazish rejalashtirilgan.

    Boshqa yangiliklar