Bosh prokuratura huzuridagi Departament tomonidan DXX va IIV xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o`tkazildi. Bu haqda Departament Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Unda fuqaro U.D. Rossiya davlati fuqarosi A.Sh. va boshqalarning “O`.T.” MChJga etkazib bergan ishlab chiqarish uskunalari uchun 3,6 mln AQSh dollarini undirib berish haqidagi Toshkent shahar iqtisodiy sudiga kiritgan da`vo arizasini go`yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida 50 000 AQSh dollari evaziga qayta ko`rib chiqilishini ta`minlab, da`vo arizasini qanoatlantirish haqida qaror chiqartirib berishini aytib, kelishilgan puldan 25 000 AQSh dollarini qo`lga kiritib, qolgan 25 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.