Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Navoiy viloyat boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruvlar o`tkazildi. Bu haqda Departament Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Unda “N.G.”, “B.B.” va “B.T.” MChJ mas`ul shaxslari 19 nafar fuqaroning nomiga pazandachilikni tashkil qilish, tik quduq qazish uchun jami 804,8 mln so`m imtiyozli kredit ajratilishiga erishib, fuqarolarga ta`minotchi korxona sifatida mahsulotlarni etkazib bermasdan ushbu mablag`larni talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o`zlashtirish yoki rastrata yo`li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.