Turkiyada issiqlik to`lqinlari bo`yicha rekordlar yangilanmoqda. Mamlakatda havo harorati mavsumiy me`yordan besh, ayrim hududlarda esa 10 darajaga oshdi. Bu haqda "Zamon.uz" xabar bermoqda.
Bir vaqtning o`zida bir nechta shaharlarda termometrlar 40 daraja va undan yuqorini ko`rsatdi. Jazirama har kuni tabiiy yong`inlarning paydo bo`lishiga olib kelmoqda. Sayyohlar to`g`ridan-to`g`ri sohilda alanganing o`chirilishini tomosha qilishlari mumkin. Turkiyalik o`t o`chiruvchilarga yordam berayotganlar orasida rossiyalik mutaxassislar ham bor.
26 iyun Istanbulda yil boshidan beri kuzatilgan eng issiq kun sifatida qayd etilgan edi. Turkiya poytaxtida havo harorati deyarli 39 darajaga etdi.






