AsosiyDunyo
4683

Bengaliya mushugi insonlardek kuylay olishini isbotladi(Video)

Britaniyalik Met Embrouzning Maksimus laqabli mushugi ijtimoiy tarmoqlarda mashhur bo`lib ketdi, deb xabar beradi “Vesti”. 

Met ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga mushugi bilan birga "Boom boom boom"nomli qo`shiqni kuylagani aks etgan video internet foydalanuvchilariga manzur bo`lmoqda. 

Birgina Facebook`da mazkur videoni to`rt million kishi tomosha qilgan.  

YouTube`da ham mazkur klip tobora ommalashib bormoqda.  

Hozirda Met mushugi uchun alohida akkaunt ochib, unda mushuk ijrosidagi qo`shiqlarni joylab borishni rejalashtirmoqda.

Boshqa yangiliklar