AsosiyJinoyat

Nurafshonda quruvchi firma qo`shib yozish orqali 462,9 mln so`m o`zlashtirgani aniqlandi

'Nurafshonda quruvchi firma qo`shib yozish orqali 462,9 mln so`m o`zlashtirgani aniqlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Nurafshon shahar bo`limi tomonidan  tergovga qadar tekshiruv o`tkazildi. Bu haqda Departament Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Unda “L.I.” MChJ mas`ul shaxslari 4 ta MFY hududidagi ko`p qavatli turar joy binolarini rekonstruksiya qilishda rasmiy hujjatlarga amalda bajarilmagan qurilish-ta`mirlash ishlarini qo`shib yozish orqali jami 462,9 mln so`mni o`zlashtirish yo`li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o`zlashtirish yoki rastrata yo`li bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.   

    Boshqa yangiliklar