Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti ma`lumotlariga ko`ra, Toshkent shahrida bir qator tezkor reyd tadbirlari o`tkazildi.
Aniqlanishicha, "S.B." MChJ rahbari va boshqalar 14 nafar fuqaroga Toshkent shahri va viloyatidan kreditga uy olib berishni va`da qilib, soxta shartnomalar tuzish orqali ularning 1,9 mlrd so`m va 18 100 AQSh dollarini firibgarlik yo`li bilan qo`lga kiritgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






