Ispaniyaning “Barselona” klubi bosh murabbiyi Luis Enrike “Manchester Siti”ga qarshi EChL 3-turi oldidan nimalar kutayotgani bila bo`lishdi. Bu haqda “Championat.com” xabar bermoqda.
“Manchester Siti”ga qarshi o`yin men va Gvardiola o`rtasidagi qarama-qarshilik bo`lmaydi. Hal qiluvchi omil futbolchilarning xatti-harakati bo`ladi. “Manchester Siti” futbolchilari individual mahoratga ega.
Bo`lajak o`yin – biz uchun o`ziga xos chaqiruv bo`ladi. Gvardiola mavsum oralig`ida jamoasiga ta`sir ko`rsatishga ulgurgandi”, – dedi Enrike.
Eslatib o`tamiz, jamoalar o`rtasidagi o`yin bugun, 19 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan 23:45 da boshlanadi.