Boshmaldoq yonidan suyak o`sib chiqsa... hammasiga poyabzal sababmi?!

Salomatlik 19.10.2016, 13:29
Teglar: Salomatlik, Go`zallik
Boshmaldoq yonidan suyak o`sib chiqsa... hammasiga poyabzal sababmi?!

Uchi tor, baland poshnali poyabzalda uzukkun yurish nafaqat oyoqlarni, balki umurtqa pog`onasini ham zo`riqtirib, o`nlab kasalliklarga zamin yaratadi. Ba`zilar, hatto, oyoq yonidagi o`simtani ko`rib, uni yanada tor poyabzal yordamida o`rniga kiritmoqchi bo`lishadi. Afsus, bu suyak o`sishini jadallashtiradi, xolos.  

IRSIYaTGA BOG`LIQMI?

Shifokorlarning ta`kidlashicha, yaqin qarindoshlaringizdan birortasida bu kabi muammo bo`lsa-yu, yana yassioyoqlik ham kuzatilsa, ehtiyot choralarini ko`rganingiz ma`qul. Bunday  holatda oiladagi qiz farzandlar yoshlikdan oyoqlarini asrab, iloji boricha, ortopedik poyabzal kiyishi hamda shamollashlardan saqlanishi kerak.

YoShNING AHAMIYaTI YO`Q!

Kuzatuvlarga ko`ra, oyoq suyagining shakl o`zgarishi ko`pincha 35-40 yoshli ayollarda uchraydi. Ammo irsiy moyilligi bor insonlarda barmoq yonidan suyak o`sishi 15-18 yoshda ham paydo bo`lishi mumkin.

SEMIZLIK – KASALLIKKA ChORLAYDI

Taomnomangizni mevalar va sabzavotli eguliklar bilan boyiting. Bir joyda ko`p o`tirish ham bu muammoni hal qilmaydi. Qulay oyoq kiyim kiyib, sayr qilishga odatlaning. Shunda tanangizdagi moddalar almashinuvi tezlashib, muammolarga yo`liqmaysiz. 

AGAR SIZDA:

•  poyabzal kiyganda, harakatlangan barmoq sohasida noxushlik sezilsa;

•  asta-sekin oyoqning bosh barmog`i yonida kichik o`simta paydo bo`lib, barmoqlarning qiyshayishiga olib kelsa;

•  oyoq bosh barmog`i yonidagi suyak tez o`sayotgan bo`lsa, tezroq shifokor-ortopedga uchrang.

DAVOLASA BO`LADI!

Oyoq kaftidagi muammolar bilan dastlab, shifokor huzuriga borib, u erdan to`ppa-to`g`ri qon tahlili topshirishga borasiz. Qonda kalsiy, fosfor darajasini tekshirish ham ziyon qilmaydi. Negaki, sizda podagra, artrit kabi kasalliklar bor-yo`qligini tekshirish zarur. Albatta, rentgen tekshiruvidan ham o`tish shart. Nihoyat, tahlil natijalari bilan ortopedga yuzlanamiz. Tekshiruv oyoq bosh barmog`i oldidagi suyak qiyshayishini tasdiqlasa, dori-darmonlar, fizioterapiya muolajalari yordamida davolaniladi. Shu bilan birga quyidagi usullar ham qo`llaniladi:

*elektroforez, magnit yordamida davolash;

*har 3 oyda uqalash muolajasi;

*yotishdan oldin 10 kun davomida oyoqqa iste`mol sodasi yoki osh tuzi, ninabargli damlama qo`shilgan vanna qilish;

*poyabzalga maxsus patak to`shash;

*oyoq suyagini o`z holatiga qaytaruvchi maxsus vosita (bandaj, longet) taqish ham yordam beradi.

JARROHLIK  ZARURMI?

Oyoqdagi suyak o`sishda davom etib, og`riq qolgan barmoqlarga ham ta`sir o`tkazsa, kasallik og`ir darajaga kelgan hisoblanadi. Bunday holatda eng ma`quli – jarrohlik yo`li bilan oyoq suyagini to`g`irlashdir. Zamonaviy jarrohlik amaliyotning tez va samarali kechishini ta`minlaydi. Operasiyadan keyin oyoqqa gips qo`yiladi. Gips olingach, tiklanish jarayoni boshlanadi. Bu davrda uqalash muolajasi, fizioterapiya hamda davolovchi gimnastika usullari hamda maxsus ortopedik poyabzal kiyish yordamida oyoq asl holatiga qaytadi.

ENG MUHIMI: PROFILAKTIKA!

Ovqatlanishda me`yor, harakatda epchillik, poyabzal tanlashda qulaylikni birinchi o`ringa qo`yish  zarur.  Bo`sh qoldingiz deguncha, poldan oyoq barmoqlari yordamida mayda narsalarni ilishga, hech bo`lmasa, o`tirganda barmoqlarini qimirlatib, chigilini yozishga odatlaning. Oddiy harakatlar asqotishi aniq: barmoqlardagi qon aylanishi tezlashib, tovon suyagi tekislanadi.

Sharhlar

Buyrak xastaliklari kimlarda ko`proq uchraydi? Shifokor javob berdi

06.08.2021, 17:47

CCV Matbuot xizmati buyrak etishmovchiligi qanday xastalik ekani va uni bartaraf etishda mamlakatimiz tibbiyoti nimalarga qodirligi haqida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bo`lim rahbari,...
"Go`zallikning kelib chiqishi" loyihasi inson go`zalligi har xil bo`lishi mumkinligini ko`rsatdi(foto)

03.12.2020, 19:22

Insoniyatning etnik xilma-xilligini o`rganish uchun "Go`zallikning kelib chiqishi" nomli loyiha tashkil etildi. Millatlar go`zalliklari o`rtasidagi tafovutni namoyon etish uchun turli mamlakat vakillari suratga tushirilmoqda.Loyihada 18 yoshdan...
YuTINGANDA QULOQ OG`RIG`I?!

26.12.2017, 13:12

— Uch yashar o`g`lim ovqat chaynab yutayotganida qulog`ini ushlab, og`riyotganini aytdi. Shifokorga ko`rsatsam, otit deb tashxis qo`ydi. Bu qanday kasallik? Uni uyda davolasa bo`ladimi? Nazira...
DIATEZ QAYTALAMASIN DESANGIZ…

26.12.2017, 13:08

— Emizikli chaqalog`im ekssudativ diatez kasalligi bilan og`rigandi. Hozir sog`aygan bo`lsa-da, ayrim taomlarni iste`mol qilganimda uning badanida qizg`ish dog`lar paydo bo`ladi. Go`dakda diatez qaytalamasligi uchun...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1