AsosiyJamiyat

Poytaxt ko`chalarini qayta nomlash o`zgartirish taklif etilmoqda

'Poytaxt ko`chalarini qayta nomlash o`zgartirish taklif etilmoqda'ning rasmi

Toshkent shahridagi ayrim nomsiz ko`chalarga nom berish, amaldagi ko`chalarni qayta nomlash va ularning obekt turini o`zgartirish taklif etilmoqda.

Toshkent shahar hokimligi, “Geografik obektlarning nomlari to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonunining 41-moddasiga muvofiq,  kiritilgan takliflarga nisbatan mahalliy aholining fikrini o`rganish maqsadida poytaxt aholisini https://geonom.tashkent.uz saytida o`z fikrini bildirishga taklif etadi.

Shu bilan birga, aholi fikri quyidagi shakllarda ham qabul qilinadi:

  •     Og`zaki ravishda: +99871 210 04 13 telefon raqamiga (ish kunlari soat 09:00 dan 17:00 gacha) murojaat qilish orqali;
  •    Yozma: 100060, Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Islom Karimov shohko`chasi, 51-uy pochta manziliga xat yuborish orqali;
  •     Elektron shaklda: geonom@digitaltashkent.uz  elektron pochtasiga xat yuborish  yo`li bilan.  

Mahalliy aholi o`z fikrini joriy yilning 7 avgust kunidan 21 avgust kuniga qadar bildirishi mumkin.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar