AsosiyJamiyat

Beruniy tumanida soliq inspeksiyasi mas`ullari 86 nafar fuqaroning qariyb 120 mln. so`mlik to`lovlarini o`zlashtirgani aniqlandi

'Beruniy tumanida soliq inspeksiyasi mas`ullari 86 nafar fuqaroning qariyb 120 mln. so`mlik to`lovlarini o`zlashtirgani aniqlandi'ning rasmi

Fuqarolarning 119,7 mln so`mlik soliq to`lovlarini qo`lga kiritgan DSI mas`ul shaxslari aniqlandi, deya xabar bermoqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament.

 Departamentning Beruniy tuman bo`limi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda tuman DSI mas`ul shaxslari 86 nafar fuqaroning jismoniy shaxslarning mol-mulk va er solig`i uchun to`langan jami 119,7 mln so`mlik soliq to`lovlarini bank kassasiga kirim qilmasdan, ularga qalbaki cheklar takdim qilish orqali ushbu mablag`larni firibgarlik yo`li bilan qo`lga kiritganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.   

    Boshqa yangiliklar