1

Odam savdosining jabrdiydalari

Jinoyat 19.10.2016, 13:42
Teglar: Ayol, Jinoyat
Odam savdosining jabrdiydalari

Bugungi kunda yurtimizda odam savdosi og`ir jinoyat ekanligi barchaga ma`lum. Lekin   qonunni chetlab o`tib ushbu noonuniy faoliyat bilan shug`ullanayotgan shaxslar hali ham uchrab turibdi.  Shunday kimsalardan biri Nodir  Alimov (ism-familiyalar o`zgartirilgan)dir.

U  avval ham odam savdosi jinoyatini sodir etganligi uchun sudlangan bo`lishiga qaramay bundan kerakli xulosa chiqarish o`rniga  yana shunday jinoyatga qo`l urdi.  O`rgangan ko`ngil o`rtansa qo`ymas deb shunga aytsa kerak-da.

Nodir  Qozog`iston Respublikasida ishlab yurgan vaqtida Dovud ismli shaxs bilan tanishib qoladi. Dovud unga dehqonchilik bilan shug`ullanishini, agar unga O`zbekiston Respublikasidan ishchi kuchi olib kelib bersa, bu narsadan u ham foyda ko`rishini, ishlash uchun kelgan odamlarning ham pullarini o`zi berishini aytadi. Bunday  taklif uni biroz o`ylantirdi. Chunki oldin ham shunday ishga qo`l urib og`zi kuygan bo`lsada, lekin yana bir marta tavakkal qilishga qaror qildi.  Va zudlik bilan ishga kirishib ketadi. U Sobir, Komil, Jalol imsli shaxslarni o`z qarmog`iga ilintiradi. Ularga “Qozog`istonda dehqonchilik ishi bor, oylik  bir million so`m.   Yashash sharoitlari zo`r, borish-kelish yo`lkira o`zimdan” — deya ulkan va`dalar beradi.  Nodirning  gaplariga ishongan Sobir va Komillar 2014 yil 11 may kuni   Qozog`istonga jo`nab ketishadi. Chegaradan o`tishlari bilan ularni Dovudning o`zi kutib oladi.   Dovud mehmonlarni ish joyiga olib boradi.  U erdagi sharoitni ko`rib Sobir va Komillar “Bizga Nodir umuman boshqacha gap aytgandi, bunday joyda yashab bo`lmaydi, ekin maydoni ham juda katta” — deya norozilik bildirishadi. “Nodir senlarga nima deganining menga qizig`i yo`q. Bu erga ishlagani kelgansanlar dam olganimas, mehnatingga yarasha haqlaringni olasanlar” — deb o`dag`aylaydi Dovud. Ular shuncha joydan kelganlari va uyga quruq borishdan uyalganliklari sabab majburlikdan  bu erda qolishga rozi bo`lishadi. Bir necha kundan so`ng Jalol ham keladi. Nodir  esa ularning oylik ish xaqilarini Dovuddan olib o`z ehtiyojlari uchun ishlatib yuboradi.  

Nodir Qozog`istonga olib kelgan odamlar  bir kunda 15-16 soat ishlashiga to`g`ri keladi, ba`zi kunlari hatto kechasi ham ishlashga majbur bo`lishadi.  Bir kuni kechqurun Dovudning akasi mast holda chaylaga kelib, ularni uyg`otib, sababsiz haqoratli gaplar aytib, qovun va aroq shishasi bilan urib dala maydonida ishlashga majbur qiladi. 

Yigitlar xo`rlanib qiyinchiliklar bilan kun kechira boshlashadi. Belgilangan muddat tugab ishchilar Dovudning oldiga ish haqlarini talab qilib borishadi.  “Senlarning ish haqingni Nodirga berib yuborganman, pullarni undan olasanlar”,  deb javob beradi. Shunda ular uylariga etib olish uchun ham pullari yo`qligini aytib, O`zbekistonga qaytish uchun pul so`rashadi. Dovud ularga 60 000 so`mdan pul berib uylariga jo`natib yuboradi.  Ular uylariga qaytganlaridan so`ng to`g`ri Nodirning uyiga borishadi. Ularni Nodirning dadasi kutib oladi va “ o`g`lim uyda yo`q, hali Qozog`istondan qaytmadi. Uning dastidan uyimizga ko`plab odamlar norozi bo`lib kelishmoqda. Men Nodirning ishlariga umuman aralashmaganman, nima uchun o`g`lim  odamlarni aldab Qozog`istonga olib borayotganini bilmayman, o`zi Qozog`istonda ishlab topib kelgan pullarini ham uyga norozi bo`lib kelgan odamlarga beryapman, hozir eb-ichishga ham pulimiz yo`q” deya javob beradi. 

Shunda keyin ular bir necha marta Nodirning uyiga borishadi va kunlarning birida uni uchratishadi va undan oylik ish haqlarini talab qilishadi. Nodir esa har xil bahonalar bilan ularni aldab pullarni bermay yuraveradi.  O`zgalarni aldov yo`li bilan chet davlatga olib borib,  ularning halol mehnat qilib topgan pullarini bermay yurgan odamfurush endi qonun oldida javob beradi. 

Zuhriddin RAHMONOV

Sharhlar

Jizzaxda 39 yoshli erkak xotinini urib o`ldirdi (video)

07.09.2022, 12:07

Jizzaxda ayol o`z eri tomonidan o`ldirildi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar bermoqda. Ma`lum qilinishicha, joriy yilning 2 sentyabr kuni Jizzax viloyati Zarbdor tumani Yangihayot...
Namanganda 21 yoshli yigitni qotiliga aylangan blogerga nisbatan qamoq jazosi tayinlandi

10.01.2022, 21:58

Namanganda 150 ming so`m evaziga Instagram sahifasidagi obunachilarini ko`paytirish ortidan ikki bloger o`rtasida kelib chiqqan kelishmovchilik qotillik bilan tugadi.Qayd etilishicha, hodisa Chust tumanida o`tgan yilning...
Ayolni qotillikka boshlagan rashk: Yangiyo`llik juvon boshqa ayolga uylanmoqchi bo`lgan shar`iy nikohidagi erini o`ldirib qo`ydi...

23.08.2021, 16:08

Qishning qirovli kunlaridan eson-omon chiqib olgan Komiljon ota kenja farzandi Murodni (ism-shariflar o`zgartirilgan) uylash maqsadida to`y tayyorgarliklarini boshlab yubordi. Uzoq izlanishlardan so`ng qiz ham topildi. Biroq unashtiruv...
Termizda qidiruvdagi qochqin qo`lga olindi

10.08.2021, 17:29

Termizda qidiruvdagi qochqin qo`lga olindi. Bu haqda Surxondaryo viloyati IIB xabar berdi.Ma`lum bo`lishicha, Termiz tumani “Sh.Rashidov” mahallasida yashovchi fuqaro X.Ilhom 2021 yil 29 iyun kuni...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1