AsosiyJamiyat

Toshkentda 17 yoshli qizga tegajog`lik qilgan erkak qamaldi

'Toshkentda 17 yoshli qizga tegajog`lik qilgan erkak qamaldi'ning rasmi

Aprel oyida Toshkent shahar Mirobod tumanida erkak 17 yoshli o`quvchi qizga tegajog`lik qilgani haqida xabar bergan edik.

Holat yuzasidan sud jarayonlari yakunlandi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmatining ma`lum qildi. 

Unga ko`ra, bugun jinoyat ishlari bo`yicha Mirobod tuman sudida O.O. (1997 yilda Samarqand viloyatida tug`ilgan, ishsiz, muqaddam sudlanmagan)ga oid jinoyat ishini ko`rib chiqish bo`yicha sud jarayoni yakunlanib, sud hukmi e`lon qilindi.

Ushbu jinoyat ishi jinoyat ishlari bo`yicha Mirobod tuman sudining raisi S.Sodiqov raisligida Jinoyat-prosessual kodeksining 19-moddasi (sudda jinoyat ishlarining oshkora ko`rilishi) talablariga muvofiq yopiq sud majlisida ko`rib chiqildi.

E`lon qilingan sud hukmiga muvofiq O.O. Jinoyat kodeksining 25,118-moddasi (nomusga tegishga suiqasd qilish) 3-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyada o`tash belgilandi.

Birinchi instansiya sudining hukmi ustidan taraflar qonunda belgilangan tartib va muddatda Toshkent shahar sudining appelyasiya instansiyasiga shikoyat berish va protest kiritishga haqliligi ma`lum qilindi.

    Boshqa yangiliklar