AsosiyJamiyat

Hukumat kimlar Umra ziyoratini tashkillashtirishi mumkinligi belgilab qo`ydi

'Hukumat kimlar Umra ziyoratini tashkillashtirishi mumkinligi belgilab qo`ydi'ning rasmi

“Umra” tadbirlarini tashkil etish va o`tkazishda ziyoratchilarning manfaatlarini samarali himoya qilish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda "Huquqiy axborot" xabar bermoqda.


Qarorga ko`ra, “Umra” tadbirlarini tashkil etish va o`tkazishga oid xizmatlarni ko`rsatish bilan bog`liq turistik faoliyatni amalga oshirish lisenziyasi chiqish turizmi kichik turining alohida faoliyat yo`nalishi hisoblanib, mazkur faoliyat faqat mahalliy turoperator tomonidan amalga oshirilishi belgilandi.
 

Turistik faoliyatni amalga oshirish lisenziyasi chiqish turizmi kichik turining “Umra” xizmatlarini ko`rsatish faoliyati bo`yicha quyidagi qo`shimcha lisenziya talablari va shartlari joriy etiladi:
- 100 ming AQSh dollaridan kam bo`lmagan mablag`larni Turizm qo`mitasining Xavfsiz turizm jamg`armasiga zaxira qilib qo`yish;
- “Umra” xizmatlari davomida ziyoratchilarning guruh rahbari etib O`zbekiston musulmonlari idorasi bilan tuziladigan shartnoma asosida uning diniy bilim va ko`nikmalarga ega bo`lgan mutaxassislarini tayinlash;
- “Umra” xizmatlarini ko`rsatuvchi turoperator shtatida diniy (islomiy) ta`lim yo`nalishlari bo`yicha respublika ta`lim muassasasi yoki O`zbekiston xalqaro islom akademiyasining tegishli bakalavriat ta`lim yo`nalishi yoxud magistratura mutaxassisligi bitiruvchisi bo`lgan kamida bir nafar mutaxassisning bo`lishi;
- “Umra” xizmatlarini voyaga etmagan fuqarolarga ko`rsatmaslik;
“Umra” xizmatlarini Saudiya Arabistoni Podshohligidagi hamkor tashkilot o`rtasida imzolanadigan shartnomaga muvofiq amalga oshirish.
 

“Umra” xizmatlarini ko`rsatuvchi turoperator murojaati asosida O`zbekiston musulmonlari idorasi mutaxassisini ziyoratchilarga guruh rahbari (ellikboshi) sifatida jalb etish bo`yicha quyidagi tartib joriy etiladi:
mutaxassisning ziyoratchilar guruhlariga rahbarlik qilishi bilan bog`liq xizmati beg`araz amalga oshiriladi, uning safar xarajatlari (transport, mehmonxona, oziq-ovqat, sug`urta, viza to`lovlari va boshqalar) “Umra” xizmatlarini ko`rsatuvchi turoperator tomonidan qoplanadi;
mutaxassis turoperatorning so`roviga ko`ra O`zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan 3 ish kunida ajratiladi;
1 nafar guruh rahbariga 50 nafardan oshmagan ziyoratchilar guruhi biriktiriladi.
2023 yil 1 oktyabrdan “Umra” xizmatlarini ko`rsatuvchi turoperatorlar faoliyatini reyting asosida baholash tizimi joriy etiladi.
Qarorda belgilangan qo`shimcha lisenziya talab va shartlari 2023 yil 1 noyabrdan qo`llaniladi hamda ulardan lisenziyani qayta rasmiylashtirishda arizani ko`rib chiqish uchun to`lanadigan yig`im va lisenziya uchun davlat boji undirilmaydi.

    Boshqa yangiliklar