Sirdaryoning qovuni azaldan o`zining shirinligi bilan nom qozongan. Sirdaryolik mirishkor dehqonlar tomonidan etishtirilgan shirindan-shakar qovunlar nafaqat yurtimiz bozorlarida, balki chet ellarga ham eksport qilinib, o`zining tilni yorar mazasi bilan ham xorijliklarni sevimli mahsulotiga aylanib ulgurgan.
Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan 2023 yilning shu kuniga qadar qiymati 2,1 mln. AQSh dollarlik 4747 tonna qovunlar 10 ta davlatga eksportga rasmiylashtirildi.
Sirdaryolik dehqonlarning bu yilgi rejalari yuqori bo`lib, bunda mahsulotlarni eksportga chiqarishda bojxona xodimlari tomonidan bojxona rasmiylashtiruvi soddalashtirilgan tartibda qisqa muddatlarda amalga oshirilmoqda.