AsosiyJamiyat

Buxoro viloyati hokimiga ikki o`rinbosar tayinlandi

'Buxoro viloyati hokimiga ikki o`rinbosar tayinlandi'ning rasmi

Buxoro viloyati hokimiga ikki o`rinbosar tayinlandi, deya xabar bermoqda O`zA. 

Unga ko`ra, Qurilish va uy-joy kommunal xo`jaligi vazirining o`rinbosari Jalol Arashov lavozimidan ozod etilib, Buxoro viloyati hokimining qurilish, kommunikasiyalar, kommunal xo`jalik, ekologiya va ko`kalamzorlashtirish masalalari bo`yicha o`rinbosari etib tayinlandi.

Shuningdek, Botirjon Shahriyorov Buxoro viloyati hokimining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikasiyalar masalalari bo`yicha o`rinbosari lavozimiga tayinlandi. U 2022 yil aprelidan turizm va madaniy meros vazirining ommaviy tadbirlar va madaniy meros masalalari bo`yicha o`rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan va 2023 yilning yanvarida ushbu lavozimdan ozod qilingan edi.

    Boshqa yangiliklar