AsosiyJamiyat

6 ta hududda o`qishni ko`chirib berish va o`qishga kiritib qo`yishni va`da qilgan firibgarlar ushlandi

'6 ta hududda o`qishni ko`chirib berish va o`qishga kiritib qo`yishni va`da qilgan firibgarlar ushlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning O`rtachirchiq tuman bo`limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgani xabar qilinmoqda. Unga ko`ra, tezkor tadbirda fuqaro U.I. fuqaro A.S.ni tanishlari yordamida Alfraganus universitetiga o`qishga kiritib qo`yish evaziga 4 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Yangihayot tuman bo`limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tadbirda fuqaro I.M. fuqaro U.P.ga tanishlari yordamida qo`shni Qozog`iston Respublikasi universitetlaridan birida tahsil olayotganligi to`g`risidagi hujjat tayyorlab, uning o`qishini Qarshi shahar inovasion ta`lim universitetiga ko`chirtirib berishi evaziga 1 500 AQSh dollarini olgan vaqtida yoshviy dalillar bilan ushlangan.

Xuddi shunday, Departamentning Uchtepa tuman bo`limi tomonidan DXX va IIV xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro Z.T. fuqaro U.P.ga tanishlari yordamida 15 mln so`m va 600 AQSh dollari evaziga qo`shni Qirg`iziston Respublikasidagi tibbiyot universitetida tahsil olayotganligi to`g`risida hujjat tayyorlab, uning o`qishini Alfraganus institutining 3-bosqichiga ko`chirtirib berishini aytib, oldindan 600 AQSh dollarini olgan vaqtida yoshviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Qo`shrabot tuman bo`limi tomonidan DXX  va IIB xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda Abu ali ibn Sino nomidagi Siyob tibbiyot kollejining bo`lim boshlig`i O`.O. fuqaro M.E.ning ishonchiga kirib, uning 2 nafar jiyanini ushbu kollejga o`qishga kiritib qo`yish evaziga 1 100 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shuningdek, Departamentning Denov tuman bo`limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda Sho`rchi Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi o`qituvchisi S.O. fuqaro D.I.ni yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida ushbu texnikumga o`qishga kiritib qo`yish evaziga 8,1 mln so`mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departament hamda DXXning Jizzax viloyati boshqarmalari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda esa, Jizzax shahridagi Sambhram universiteti tyutori G`.O`. fuqaro Sh.K.ni ushbu universitetga o`qishga kiritib qo`yish evaziga 400 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda. 

    Boshqa yangiliklar