AsosiyJinoyat

Navoiyda 200 ming so`mlik kupyurada 400 mln so`m soxta pul chiqargan buxoroliklar ushlandi

'Navoiyda 200 ming so`mlik kupyurada 400 mln so`m soxta pul chiqargan buxoroliklar ushlandi'ning rasmi

Soxta pullar savdosi bilan shug`ullangan shaxslar qo`lga olindi. Bu haqda Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi.

Ma`lum bo`lishicha, Qiziltepa tumanida istiqomat qilayotgan asli buxorolik 30 yoshli A. ismli shaxs jinoiy to`da tuzgan. Ulardan biri pullarni ishlab chiqarish, biri muomalaga kiritish yana biri yordamchi va haydovchilik qilishni kelishib olishgan.

Natijada ular 200 ming so`mlik kupyurada jami 400 mln so`m pullarni ishlab chiqargan.

Navoiy viloyati IIB va Departament xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbir davomida, ular 400 mln so`m soxta pullarni 160 mln so`m haqiqiy pullarga almashtirilayotgan paytida qo`lga olingan.

Hozirda ularga nisbatan JKning 176-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. 

    Boshqa yangiliklar