AsosiyJamiyat

Toshkentda avtobus va Spark ishtirokida avtohalokat sodir bo`ldi

'Toshkentda avtobus va Spark ishtirokida avtohalokat sodir bo`ldi'ning rasmi

Joriy yilning 10 avgust kuni soat 16:20 larda Uchtepa tumani THAY — Poygoh ko`chalari kesishmasida yo`l-transport hodisasi sodir bo`ldi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma`lum bo`lishicha, 1963 yilda tug`ilgan A.T. boshqaruvida bo`lgan Yutong rusumli avtobusi hamda 1989 yilda tug`ilgan R.B. boshqaruvida bo`lgan Spark rusumli avtomashina ishtirokida yo`l-transport hodisasi sodir bo`lgan.

YTH natijasida tan jarohati olganlar yo`q. Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas`ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar