Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bag`dod tuman bo`lim tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o`tkazildi. Bu haqda Departament Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Unda fuqaro R.Q. 2 nafar fuqaroning ishonchiga kirib, ularni yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida 4 000 AQSh dollari va 30 mln so`m evaziga ichki ishlar organlariga ishga kiritib qo`yishini aytib, oldindan 30 mln so`mni olgan vaqtida yoshviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, Departamentning Qashqadaryo viloyat boshqarmasi tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro Sh.P. fuqaro S.Q.ni yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida Kasbi tuman tibbiyot birlashmasiga hamshiralik vazifasiga ishga kiritib qo`yish evaziga 1 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ushlanib, uning ko`rsatuviga asosan davom etgan tadbirda ushbu tibbiyot birlashmaning xo`jalik bo`limi mudiri K.Ch. fuqaro Sh.P.dan 1 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Departamentning Bekobod shahar bo`limi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor esa, fuqaro D.J. fuqaro Z.K.ni tanishlari yordamida “O`zmetkombinat” AJ ichki qo`riqlash xizmatiga qo`riqchi vazifasiga ishga kiritib qo`yish evaziga 700 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






