AsosiyJamiyat

O`zbekiston maktablariga 1-sinflar uchun “Prezident sovg`asi”ni etkazib berish boshlandi

'O`zbekiston maktablariga 1-sinflar uchun “Prezident sovg`asi”ni etkazib berish boshlandi'ning rasmi

1-sinfga boradigan o`quvchilar uchun “Prezident sovg`asi” jamlanmasini maktablarga etkazib berish boshlandi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta`limi vazirligi matbuot xizmati xabar qildi. 

Bu yil 1-sinfga chiqishi rejalashtirilgan  732 960 nafar bolalar uchun “Prezident sovg`asi" xaridi amalga oshirilib, tuman bo`limlari orqali hududlarga etkazilmoqda.

1-sinf o`quvchilariga beriladigan “Prezident sovg`asi” tarkibida 12 turdagi o`quv qurollari mavjud:
O`quvchi sumkasi

12 dona daftar

Rasm daftari

Akvarel bo`yoqlari

Rangli qog`oz

Qalamdon

Sharikli ruchka

Rangli qalam

2 dona oddiy qalam

Plastilin

Elim

2 dona o`chirg`ich

“Prezident sovg`asi” joriy yilning 25-avgustiga qadar Vazirlikning adm.maktab.uz elektron bazasiga kiritilgan bolalar soniga mos ravishda  umumta`lim maktablariga etkaziladi.

    Boshqa yangiliklar