AsosiyJamiyat

IIV qidiruvga berilgan ikki bloger nima jinoyat qilganini ochiqladi

'IIV qidiruvga berilgan ikki bloger nima jinoyat qilganini ochiqladi'ning rasmi

Sal avval O`zbekistonda ikki bloger qidiruvga berilgani xabar qilingan edi. IIV matbuot kotibi bu ikki shaxsga qo`yilayotgan ayblov bo`yicha ma`lumotlarni ochiqladi.

Ma`lum qilinishicha, 1988 yilda tug`ilgan Ikramov Sanjar Ravshanovich, 2011 yilning 1 mart kuni Toshkent shahri Olmazor tumanida fuqaro F.X.dan, o`zini avtomashinalar oldi-sotdisi bilan shug`ullanishini aytib, Sergeli avtomashinalar bozoridan arzon garovga “Neksiya” avtomashinasini olib berishni va`da qilib, jabrlanuvchidan 20 mln. so`m pullarini aldov yo`li bilan undirib, o`z ehtiyojlariga ishlatib yuborganlikda ayblanadi.

Holat yuzasidan, 2012 yil 31 mart kuni Olmazor tumani IIB tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan bo`lib, gumondor S.Ikramov tergovdan yashiringanligi sababli, unga nisbatan qidiruv e`lon qilingan.

1979 yilda tug`ilgan Komilov Sherali Nabixonovich, muqaddam 2011 yilda O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi, 14.03.2022 yilda 168-modda 3-qismi “b” bandi bilan sudlangan bo`lib, tuzalish yo`liga o`tmasdan o`zining jinoiy harakatlarini davom ettirib,

- 2021 yilning 6 iyun kuni fuqaro Sh.S.ga (ayol) o`zini mustaqil jurnalist va bloger, deb tanishtirib, ayolning o`g`li 1999 yilda tug`ilgan Sh.A.ga nisbatan Koson tumani jinoyat ishlari sudining Jinoyat kodeksining 119-moddasi 3-qismi “b” bandi hamda 137-moddasi 2-qismi “a,v” bandlari bo`yicha hukmini ijtimoiy tarmoqlar orqali e`lon qilib, sun`iy shov-shuv ko`tarib, sudning keyingi instansiya qarorlariga ta`sir o`tkazib, jazoni engillashtirib berishni va`da qilgan, hamda jabrlanuvchidan 5 mln. so`m miqdorda pul undirib, o`z ehtiyojlariga sarflab yuborgan;

- 2021 yilning 17 dekabr kuni Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida fuqaro S.G. (ayol)ning, ishonchiga kirib, sobiq turmush o`rtog`i qarz bo`lib qolgan ma`lum miqdordagi aliment pulini undirib berishni va`da qilib, jabrlanuvchidan aldov yo`li bilan 5 mln. so`m miqdorida pulini olib, o`z ehtiyojlariga ishlatib yuborgan;

- 2021 yilning dekabr oyida fuqaro Q.X.ni uy-joy bilan bog`liq muammoli masalasini hal etib berishni va`da qilib, jabrlanuvchidan turli vaqtlarda, 3 mln, so`ng 300 AQSh dollari miqdorida pullarini aldov yo`li bilan undirib, o`z ehtiyojlariga ishlatib yuborgan;

- 2022 yilning 19 dekabr kuni ijtimoiy tarmoqlar orqali Qarshi shahar 5-son tergov hibsxonasi xodimi M.A. va Qarshi shahar IIB vaqtincha saqlash hibsxonasi xodimi B.B.ni sha`ni va qadr qimmatini kamsituvchi so`zlar bilan haqorat qilganlikda ayblanadi.  

Hozirda Sh.Komilov O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “b” bandi, 140-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan qo`zg`atilgan jinoyat ishlari doirasida xavfli residivist, deb topilib, tergov organlaridan yashiringanligi sababli, qidiruv e`lon qilingan.

“Mazkur shaxslarni yashiringan joyi haqida xabardor bo`lgan fuqarolardan 102 raqamiga yoki ichki ishlar organlariga xabar berishlarini so`raymiz”, - deyiladi xabarda.

 

    Boshqa yangiliklar