AsosiyJinoyat

Yangiobod tuman hokimligi mansabdori va tadbirkor fuqarodan 200 ming AQSh dollari pora talab qilgani aniqlandi

'Yangiobod tuman hokimligi mansabdori va tadbirkor fuqarodan 200 ming AQSh dollari pora talab qilgani aniqlandi'ning rasmi

Yangiobod tuman hokimligi mansabdori va tadbirkor fuqarodan 200 ming AQSh dollari pora talab qilgani aniqlandi.Bu haqda O`zA xabar bermoqda.

Jizzax viloyatidagi qurilish firmasi rahbari tadbirkorlik bilan shug`ullanmoqchi bo`lgan fuqaroning ishonchiga kirib, Yangiobod tumani hokimligida ishlovchi mansabdor tanishi yordamida, yopiq shaklda o`tkaziladigan tender orqali unga mazkur tuman hududidan 200 gektar er maydonini shamol elektr stansiyalari qurish uchun olib berish evaziga 200 ming AQSh dollari talab qiladi.

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, u so`ralgan pul mablag`idan 100 ming AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Shuningdek, jinoyatni to`liq fosh etish maqsadida, qurilish firmasi rahbaridan olingan dastlabki ko`rsatmalar hamda mavjud dalillarga asoslanib, uning Yangiobod tumani hokimligida mas`ul lavozimda ishlovchi tanishi ham qo`lga olindi.

 

    Boshqa yangiliklar