Instabloger “Chechenka” eriga ikkinchi xotin sovg`a qilib, qo`shxotinlikni targ`ib qilgan videosi uchun uzr so`rab chiqdi.
Blogerning aytishicha, videoni tayyorlashdan maqsadi qo`shxotinlikni targ`ib qilish bo`lmagan. Uning asl maqsadini anglamaganlar noto`g`ri talqin qilishgan.
Eslatib o`tamiz, O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 126-moddasiga ko`ra, ko`pxotinlilik quyidagi jazo turlariga sabab bo`lishi mumkin:
- asosiy hisob-kitob birligining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo`ladi, bu esa 16,5 million so`mdan 33 million so`mga to`g`ri keladi.
- Uch yilgacha axloq tuzatish ishlari.
- Bir yildan uch yilgacha bo`lgan muddatga ozodlikni cheklash.
- Uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish.