Toshkent shahar IIBB Yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasi shaxsiy tarkibi tomonidan joriy yilning 1-10 avgust kunlari davomida jami 16 449 ta qoidabuzarliklar aniqlangan bo`lib, shundan 5 888 tasi qo`pol qoidabuzarliklardir.
Jumladan:
– Transport vositalarini mast holda boshqarish 91 ta;
– Transport vositalarini tegishli hujjatlarsiz boshqarish 714 ta;
– Transport vositasini boshqarish vaqtida haydovchilarning telefondan foydalanishi 379 ta;
– Svetofor talablariga rioya qilmaslik 213 ta;
– Odam tashish qoidasini buzish 511 ta;
– Quvib o`tish qoidasini buzish 197 ta;
– Avariya holatini yuzaga keltirish 34 ta;
– IIOlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik 50 ta.
Shu bilan birga, 3.599 nafar qoidabuzar piyodalarga nisbatan ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. Mazkur davr davomida 35 ta yo`l-transport hodisasi qayd etilgan bo`lib, shundan 28 tasi piyodalar bilan bog`liq.
Shuningdek, Toshkent shahar IIBB hamda YHXB xodimlari tomonidan 22 ta giyohvandlik vositalari, 198 ta sovuq qurol va 3 ta pnevmatik qurol bilan bog`liq noqonuniy harakatlarga chek qo`yilgan.






